«Barselona»ning boshqa klublardan katta miqdorda qarzi bor

«Barselona»ning boshqa klublardan katta miqdorda qarzi bor

«Barselona» sotib olgan futbolchilarining pullarini hali to‘liq to‘lamagan.

Catalunya Radio nashrining xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» Ferran Torres uchun «Manchester Siti»ga 52 million yevro to‘lab berishi lozim.

Kataloniyaliklar vingerni 2022 yilning boshida xarid qilgandi. Uning transfer narxi 55 million yevro edi. Hozircha «Barselona» Torres uchun 3 million yevro to‘ladi.

Shuningdek, Barselona klubi Filippe Koutinyo, Miralem Pyanich, Serjinyo Dest va Frenki de Yongning ham transferi uchun pulni to‘liq to‘lab bermagan.

«Liverpul» 2019 yilda jamoadan ketgan Koutinyo uchun 14 million yevro olishi lozim. Hozirda braziliyalikning transfer huquqi «Aston Villa»ga tegishli. Ingliz klubi «Barselona»ga 10 million yevro to‘lab beradi.

Kataloniyaliklar «Yuventus»dan Miralem Pyanich uchun 36 million yevro qarz. «Ayaks» esa Frenki de Yong va Serjinyo Dest transferlaridan 40 million yevro atrofida oladi. «Barselona» de Yong uchun 32 million, Dest uchun esa 10 million yevro to‘lab berishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!