"Barselona" futbolchilari: "Rossiyalik muxlislar bu chempionligimizning bir qismidir"

"Barselona" futbolchilari: "Rossiyalik muxlislar bu chempionligimizning bir qismidir"

"Barselona" himoyachilari Aleks Balde va Serxi Roberto La Ligadagi g‘alabadan so‘ng rossiyalik muxlislarga murojaat qilishdi.

“Rossiyadagi barcha “Barselona” muxlislariga katta salom! Yaqinda ko‘rishamiz!" - dedi Balde.

"Hurmatli Rossiyadan kelgan muxlislar! Qo‘llab-quvvatlaganingiz va energiyangiz uchun tashakkur! Siz ham bu g‘alabaning bir qismisiz! Umid qilamanki, biz birgalikda yana ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritamiz!" - dedi Roberto.

Kataloniyalik futbolchilarning videomurojaati La Liga o‘yinlarini Rossiyada olib boruvchi "Okko" kompaniyasining "Instagram"dagi sahifasida e’lon qilindi.

Avvalroq, "Napoli" ustozi Luchano Spaletti "Zenit"ni Rossiya chempionatidagi g‘alabasi bilan tabriklagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!