«Barselona» bosh murabbiyligiga favorit nomzod ma’lum bo‘ldi

«Barselona» bosh murabbiyligiga favorit nomzod ma’lum bo‘ldi

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘rnini «Ayaks» ustozi Erik ten Xag egallashi mumkin.

Catalunya Radio xabariga ko‘ra, ten Xagning ish uslubi Joan Laportga yoqadi. Klub prezidenti bosh murabbiy Kumanni iste’foga chiqarsa, uning o‘rniga aynan Erik ten Xagni taklif etmoqchi. U nomzod murabbiylar ichida favorit sifatida aytilmoqda.

Qayd etilishicha, 2017 yildan buyon «Ayaks» ustozi sifatida faoliyat yuritayotgan niderlandiyalik murabbiy ham «Barsa»dan taklif tushsa, ko‘rib chiqishga tayyor. Amsterdam klubi keyinchalik o‘z futbolchilarini «Barsa»ga transfer qilish uchun ham ten Xagni qo‘yib yuborishga qarshi bo‘lmaydi.

Ma’lumot uchun, «Barsa» La Ligada 7 o‘yindan keyin 12 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!