"Barselona" asosiy futbolchisini 5-6 haftaga yo‘qotdi

"Barselona" asosiy futbolchisini 5-6 haftaga yo‘qotdi

"Barselona" Frenki de Yongning oyog‘ini tekshirdi.

Klub La Liga doirasidagi "Selta" bilan o‘yinda (3:2) jarohat olgan yarim himoyachiga o‘ng oyoq to‘pig‘ining tibiofibulyar sindesmoz (tibia va fibula suyaklarining tutashuvi) shikastlanishi tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi.

Kataloniyaliklar futbolchining tiklanish muddati haqida xabar bermayapti. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, davolanish 5 dan 7 haftagacha davom etadi.

Shunday qilib, de Yong 28 oktyabr kuni "Real"ga qarshi eng o‘yinga tayyor bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsumda niderlandiyalik futbolchi La Ligada 6 ta uchrashuvda 1 ta gol urishga erishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!