"Barselona" APLdan o‘yinchi xarid qilishga yaqin turibdi

"Barselona" APLdan o‘yinchi xarid qilishga yaqin turibdi

"Barselona" "Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Nevesh bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deya xabar beradi jurnalist Veronika Brunati.

Avvalroq, 25 yoshli portugaliyalik Kataloniya klubining asosiy maqsadi emasligi haqida xabar berilgandi.

Neveshning "Vulverxempton" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Portugaliya terma jamoasi futbolchisini 40 million yevroga baholamoqda.

Yarim himoyachi 2017 yilning yozida 17,9 million yevro evaziga "Portu"dan ingliz klubiga o‘tgan edi. Nevesh joriy mavsumda “bo‘rilar” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!