"Barselona" 2023 yilda amalga oshiradigan ilk transferini hal qildi

"Barselona" 2023 yilda amalga oshiradigan ilk transferini hal qildi

"Barselona" Inigo Martinesning transferini kechiktirishga qaror qildi.

Kataloniyaliklar ushbu transfer oynasida himoyachi uchun "Atletik Bilbao"ga 15 million yevro taklif qilishdi, ammo rad javobini olishdi. Endi kelishuv yanvargacha to‘xtatildi.

Inigoning shartnomasi 2023 yilning iyunida tugaydigan bo‘lsa, u yanvardan boshlab boshqa klublar bilan muzokaralar olib borishi mumkin.

Diario Sport xabariga ko‘ra, futbolchi "Atletik" bilan shartnomasini yangilamaydi va 2023 yilda kutilmagan voqea ro‘y bermasa, "Barsa"ga o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!