Bankomatdagi tomosha: Fermerlar davlatga topshirgan g‘allasi uchun pullarni peshonasiga surtib olmoqda (video)

Bankomatdagi tomosha: Fermerlar davlatga topshirgan g‘allasi uchun pullarni peshonasiga surtib olmoqda (video)

Kuni kecha Turkmanistonda fermerlarning bankomatdan naqd pullarni peshonasiga surtib olayotgani aks etgan video internetda tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Turkmanistonda fermerlar davlatga topshirgan g‘allasi uchun plastigiga pul tashlab berilgan. Fuqarolar kelib bankomattan pulni naqdlashtirib, peshonasiga surtib olmoqda. Ular bir yoki ikki nafar emas va har bir fermer aynan bir xil harakatni takrorlayapti. Bundan esa mazkur harakatning sahnalashtirilganini tushunish mumkin.

Avvalroq Turkmaniston rahbarining velosiped haydab to‘pponchada nishonni o‘rgani videosi tarqalgan edi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!