Bangladeshdagi namoyishchilarning o‘limi yuzasidan tergovni BMT olib boradi

Bangladeshdagi namoyishchilarning o‘limi yuzasidan tergovni BMT olib boradi

Bangladeshda hukumatga qarshi namoyishlar ishtirokchilarining o‘limi BMT boshchiligida tekshiriladi.

Bu haqda respublika muvaqqat hukumati rahbari Muhammad Yunusning idorasi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk bilan telefon orqali muloqotidan so‘ng ma’lum qilgan.

Suhbat chog‘ida Oliy komissar Yunusga uning idorasidan ekspertlar guruhi tez orada namoyishchilar o‘limi yuzasidan tekshiruv o‘tkazish uchun Bangladeshga borishi haqida ma’lum qildi.

Muvaqqat hukumat rahbari inson huquqlarini hurmat qilish uning ma’muriyatining asosiy vazifasi bo‘lishini, har bir fuqaroni himoya qilish ustuvor vazifa bo‘lishini aytdi.

Qayd etilishicha, Yunus ham mamlakatni tiklashda yordam so‘rab Tyurkga murojaat qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!