Bangladesh poytaxtida yuz bergan yong‘in natijasida o‘n ming kishi boshpanasiz qoldi

Bangladesh poytaxtida yuz bergan yong‘in natijasida o‘n ming kishi boshpanasiz qoldi

Bangladesh poytaxti Dakka shahrida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida kamida o‘n ming kishi boshpanasiz qoldi, deb xabar berdi The Guardian.

Yong‘in kechasi shaharning Mirpur rayonida sodir bo‘lgan. Olov shu darajada tez tarqalganki, odamlar uylarini tark etishga zo‘rg‘a ulgurib qolgan. Hammasi bo‘lib ikki mingga yaqin kulba kuyib kul bo‘lgan.

BBC News telekanalining qayd etishicha, aksariyat boshpanalarning tomi plastikdan bo‘lgani sababli olov tez tarqalgan.

Mahalliy polisiya yong‘inda hech kim halok bo‘lmaganini xabar qildi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!