Bangladesh armiyasi muvaqqat vazirlar mahkamasiga saylov o‘tkazishda yordam berishini aytdi

Bangladesh armiyasi muvaqqat vazirlar mahkamasiga saylov o‘tkazishda yordam berishini aytdi

Bangladesh qurolli kuchlari mamlakat muvaqqat hukumatiga saylovlar o‘tkazishda har qanday yordam ko‘rsatishga tayyor. Bu haqda respublika armiyasi qo‘mondoni Vaqer-Uz-Zamon ma’lum qildi.

"Biz hukumatga har tomonlama yordam beramiz", dedi u. “Hukumat ayrim islohotlar va erkin, adolatli saylovlarni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Ular bizdan so‘ragan har qanday yordamni ko‘rsatamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

5 avgust kuni Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasina iste’foga chiqdi va mamlakatni tark etdi. Uning iste’foga chiqishidan so‘ng Bangladesh armiyasi bir necha kun davomida mamlakat boshqaruvini va tartibni saqlashni o‘z qo‘liga oldi, chunki polisiya bo‘limlariga olomon hujumlaridan keyin polisiya o‘z vazifalarini bajarishdan bosh tortdi. Endilikda polisiya xodimlari asta-sekin ishga qaytishmoqda. Hukumatga qarshi namoyishlar chog‘ida yuz bergan ommaviy to‘qnashuvlardan so‘ng aholining ushbu tuzilmaga ishonchini tiklash uchun rasmiylar huquq-tartibot idoralari xodimlarining formasi va logotipini o‘zgartirishga qaror qildi.

Endilikda respublikada Muhammad Yunus boshchiligida muvaqqat hukumat tuzildi. U 8 avgust kuni qasamyod keltirdi. Yangi parlament saylovlari sanasi hali belgilanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!