Bangkokdagi bozorda yong‘in chiqdi

Bangkokdagi bozorda yong‘in chiqdi

Bangkokdagi bozorda 11 iyun kuni yong‘in kelib chiqishi oqibatida mingdan ortiq hayvon nobud bo‘lgan. Bu haqda Tailand mahalliy nashrlariga asoslanib, BBC xabar berdi.

Yong‘in erta tongda Bangkokdagi mashhur “Chatuchak” bozorida yuz bergan. Uning oqibatida yuzga yaqin yirik do‘kon yonib ketgan.

Yong‘in asosan bozorning uy hayvonlari sotiladigan qismida yuz bergan. Qushlar, itlar, mushuklar va ilonlar saqlanadigan do‘konlarda chaqnash oqibatida alanga kelib chiqqan.

Yong‘in elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuvdan kelib chiqqani taxmin qilingan. Hodisada qurbonlar va tan jarohati olganlar bo‘lgani haqida xabar berilmagan.

Dastlabki tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in uy hayvonlari zonasidagi 118 ta do‘konning ko‘p qismiga zarar etkazgan. Taxminan 1400 kvadrat metr hudud yonib ketgan.

Ma’lumot o‘rnida, o‘n minglab do‘konlardan tarkib topgan “Chatuchak” bozori Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik bozorlardan biri hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!