Bahora Arslonova otasi haj safarida, 63 yoshida vafot etganini ochiqladi (+video)

Bahora Arslonova otasi haj safarida, 63 yoshida vafot etganini ochiqladi (+video)

Aktrisa Bahora Arslonova otasi haj safarida, 63 yoshida vafot etganini ma’lum qildi. Bu haqda aktrisa "YouTube"dagi YashinTVga bergan intervyusida gapirib berdi.

Dadam 63 yoshlarida haj safariga borgan edilar, ismlari Qurbon edi, ya’ni Qurbon hayitida tavallud topganlari uchun Qurbon deb qo‘yishgan ekan. O‘sha yerda aynan, Qurbon hayiti kuni, tug‘ilgan kunlari kuni olamdan o‘tdilar. O‘zi 8 avgust kuni tug‘ilgan kunlari.

Agar otam yonimda bo‘lsalar, rahmat degan bo‘lardim, chunki shunday insonning farzandi bo‘lganimdan faxrlanaman. Menga yaxshi tarbiya berganlar. Hech qachon yolg‘on gapirmaslik, haqiqatni gapirish kerakligi haqida o‘rgatganlar, juda ham ko‘p joylarda otamning tarbiyasi bilan yurganman. Qiz bola uchun otaning o‘rni juda yuqori, deydi aktrisa Bahora Arslonova.

Ma’lumot uchun, Bahora Arslonova «Zurriyot», «Isnod», «Komila», «Jonim Azobda» kabi filmlar va bir qancha seriallarda bosh rollarni ijro etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!