Bahodir Jalolov Rossiyada o‘tayotgan musobaqada xitoylik raqibini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Bahodir Jalolov Rossiyada o‘tayotgan musobaqada xitoylik raqibini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Rossiyaning Qozon shahrida BRICS sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston boks terma jamoasi 19 iyun kuni o‘z ishtirokini o‘tkazdi. 11 nafar bokschi raqiblariga qarshi ringga ko‘tarildi.

+92 kg vazn toifasida harakat qilgan Bahodir Jalolov Xitoy vakili Remula Abudurixitiga qarshi jang qilib, g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

19 iyun kungi janglar natijalari bilan tanishing:

-48 kg vazn toifasida Saidaxon Rahmonov rossiyalik Lia Patlayga imkoniyatni boy berdi;

-50 kg vazn toifasida Sabina Boboqulova hindistonlik Anamikaga mag‘lub bo‘ldi;

-54 kg vazn toifasida Nigina O‘ktamova hindistonlik Soniyani mag‘lubiyatga uchratdi;

-60 kg vaznda Rashida Tagirova belaruslik Alla Ivashkevichga ochkolar evaziga mag‘lub bo‘ldi;

-66 kg vazn vakili Hadichabonu Abdullayeva Hindiston vakili Manju Bamboriyaga imkoniyatni boy berdi;

-75 kg vaznda Aziza Zokirova belaruslik Alina Veberni mag‘lubiyatga uchratdi;

+81 kg vazn toifasida Diyoraxon Abdumannobova hindistonlik Nupurga imkoniyatni boy berdi;

-60 kg vazn toifasida Dilshod Abdumurodov ozarbayjonlik Maqsud Hasmetovni mag‘lub etdi;

+71 kg vaznda Havasbek Asadullayev afg‘onistonlik Farazahmat Amirini mag‘lubiyatga uchratdi;

-92 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Madiyor Saidrahimov, o‘z bahsida qirg‘izistonlik Bakit Toktosunni mag‘lubiyatga uchratdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!