Birlashgan Arab Amirliklari Sog‘liqni saqlash vaziri Abdulrahmon Uvays koronavirus tufayli Ramazon oyida amal qiladigan cheklovlar va profilaktika choralarini e’lon qildi.
Vazirning bildirishicha, shu paytgacha aholining 52 foizdan ortig‘i, jumladan, keksalarning 70 foizdan ziyodi koronavirusga qarshi emlandi, mamlakatdagi 205 ta tibbiyot markazida 7 million dozaga yaqin vaksina ishlatildi. BAA hukumati joriy yilning to‘rtinchi choragiga qadar aholining barini emlashni rejalashtirgan.
Joriy yilning 13 aprelidan e’tiboran BAA aholisi va mehmonlariga chodirlarda to‘planish va bir-birlari bilan taom almashishi taqiqlanyapti. Iftorlarni katta qilib o‘tkazish, ko‘chada taom tarqatish ham mumkin emas.
Bundan tashqari, masjidlarda namozdan avval va keyin dezinfeksiya o‘tkaziladi. Qur’onni raqamli formatda o‘qishga to‘g‘ri keladi, bosma Qur’onni tarqatish taqiqlandi.
The National nashrining yozishicha, Ramazon davomida muntazam ravishda tekshiruvlar o‘tkaziladi va qoidabuzarlar jarimaga tortiladi. Ramazonning oxirgi 10 kunligida cheklovlar qaytadan ko‘rib chiqiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.