Aziz Abduhakimov Yaponiyaning oliy darajadagi ordeni bilan mukofotlandi

Aziz Abduhakimov Yaponiyaning oliy darajadagi ordeni bilan mukofotlandi

2022 yilning 9 noyabr kuni Tokiodagi Imperator saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni"ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. An’anaga ko‘ra, ordenni Yaponiya imperatori Naruxito Bosh vazir Fumio Kishido ishtirokida topshirdi.

Aziz Abduhakimovning “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni" bilan taqdirlanishi Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi e’tirof etilganini tasdiqlaydi.

Bu orden 1875 yildan beri berib kelinayotgan bo‘lib, Yaponiyadagi eng qadimgi va "Chiqayotgan Quyosh Ordeni"ning eng yuqori darajasi (6-daraja) hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!