Ayrim viloyatlarda Odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi

Ayrim viloyatlarda Odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (11-son, 10.01.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda Odam DNKsiga qo‘shimcha ravishda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.

🔘 Adliya vazirligi:

● 2022 yil 1 iyulgacha Samarqanddagi, 2022 yil 1 dekabrgacha Farg‘onadagi, 2024 yil 1 sentyabrgacha ekspertiza bo‘limlarini xalqaro standartlarga mos binolarga joylashtiradi;

● 2022 yil 1 noyabrgacha Xorazmdagi ekspertiza bo‘limini zarur texnikalar bilan ta’minlaydi;

● 2023 yil 1 yanvargacha sud ekspertiza xulosalarini xalqaro tan olinishini ta’minlash uchun Sud-fonografiya va Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!