Ayrim rossiyaliklar Mo‘g‘uliston hukumatini Putinni XJS orderi asosida hibsga olishga chaqirdi

Ayrim rossiyaliklar Mo‘g‘uliston hukumatini Putinni XJS orderi asosida hibsga olishga chaqirdi

Urushga qarshi rossiyaliklar Mo‘g‘uliston hukumatini Putinni XJS orderi asosida hibsga olishga chaqirdi.

Mo‘g‘uliston Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy polisiya agentligi va hukumatiga yo‘llangan petisiya change.org saytida e’lon qilindi. U to‘rt tilda - ingliz, rus, belarus va mo‘g‘ul tillarida yozilgan.

Hujjat mualliflarining ta’kidlashicha, 2022 yil 24 fevralda Vladimir Putin Ukrainaga qarshi urush boshlagan, bu urush allaqachon 11 ming tinch aholini o‘ldirgan va yana 21 mingga yaqin kishi jarohat olgan. Bundan tashqari, Rossiya armiyasi ko‘plab harbiy jinoyatlarni sodir etgan, deyiladi murojaatnomada.

Mualliflar, shuningdek, so‘nggi 10 yil ichida Rossiya rasmiylari muxolifatni qattiq bostirgani, Boris Nemtsov, Aleksey Navalniy va boshqalar Putinning buyrug‘i bilan o‘ldirilganini qayd etadi. Nashrning ta’kidlashicha, xuddi shunday holat Belarusda ham kuzatilmoqda.

Urushga qarshi rossiyaliklar Mo‘g‘uliston hukumatini Putin kelishi bilan hibsga olishga yoki mamlakatga tashrifini bekor qilishga chaqirdi. Hujjatni Vladimir Kara-Murza, Ilya Ponomarev, Boris Zimin, Olga Romanova, Anastasiya Burakova va boshqa rossiyalik ijtimoiy faollar imzolagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!