Ayni paytda Prezident huzurida g‘allachilikdagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi

Ayni paytda Prezident huzurida g‘allachilikdagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi

Ayni paytda Prezident huzurida g‘allachilikdagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

“Ko‘rib turibsizlar, jahon bozorlarida oziq-ovqat narxlari kun sayin yuqori sur’atlar bilan o‘smoqda.

Bugungi kunda xalqaro birjalarda 1 tonna bug‘doy 400 dollardan sotilmoqda va yil boshiga nisbatan 30 foizga oshdi.

Bunday vaziyatda narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li bu – fermerlar manfaatdorligini ta’minlash, hosildorlikni oshirish orqali bozorda taklifni ko‘paytirish hisoblanadi.

Buning uchun g‘allachilikda bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish zarur.

Biz bu islohotlarga uzoq tayyorgarlik ko‘rdik. Barcha masalalarni puxta hisob-kitob qilib, bu ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib kelayapmiz”, dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida.

Sohada xususiy sektorga keng yo‘l ochilgani tufayli uning ulushi tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.

Xususan, so‘nggi uch yilda hududlarda quvvati qariyb 3 million tonna bo‘lgan 160 dan ortiq yirik xususiy don korxonalari ish boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!