Aydınlık: Turkiya rossiyalik sayyohlarni yo‘qotish xavfi ostida

Aydınlık: Turkiya rossiyalik sayyohlarni yo‘qotish xavfi ostida

Rossiyadan to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar Turkiyani rossiyalik sayyohlar daromadidan mahrum qilishi mumkin, deb yozadi Aydınlık gazetasi. Turkiya banklari sanksiyalar bosimi tufayli 2024 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya to‘lovlariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.

Nashrning yozishicha, 2024 yilgi sayyohlik mavsumi yaqinlashmoqda, biroq to‘lovlar bilan bog‘liq muammo hamon hal etilmagan. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, yarmarka o‘tkazishda ham to‘lov bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Ikki davlat hukumatlari yechim topmasa, Turkiya zarar ko‘radi.

Turk eksportchilari uchun ham jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keldi, agar ular Rossiya bozorini boy bersa, uning o‘rniga o‘rinbosar topish qiyin kechadi.

Rossiya va Turkiya to‘lov muammosiga yechim topish uchun qizg‘in muzokaralar olib borayotgani avvalroq xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!