«Ayaks» bosh murabbiylikka Xavi nomzodini ko‘rib chiqmoqda

«Ayaks» bosh murabbiylikka Xavi nomzodini ko‘rib chiqmoqda

Yozda «Barselona»ni tark etadigan Xavi uchun asosiy da’vogar ma’lum.

Diario Sport xabariga ko‘ra, «Ayaks» klubi ispaniyalik murabbiyni jamoani boshqarish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Xavi yozda Kataloniya klubini tark etishini ma’lum qilgandi.

Amsterdam klubi Xavining Kataloniya klubida yoshlar bilan muvaffaqiyatli ishlayotgani, yangi yosh o‘yinchilarni kashf eta olishini yuqori baholamoqda. Murabbiyning o‘yin uslubi ham «Ayaks» rahbariyatiga ma’qul.

Nashrning qayd etishicha, Xavi «Barsa» bilan xayrlashgach, bir yil dam olishni istamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!