Avval taksi, endi esa haydovchisiz boshqariladigan kombayn sinovdan o‘tdi

Avval taksi, endi esa haydovchisiz boshqariladigan kombayn sinovdan o‘tdi

Rossiyaning “Rostelmash” zavodida haydovchisiz kombayn yaratish ustida ish olib borilmoqda. Kombayn laboratoriya sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ammo bundan ko‘pchilik kombaynchilar xursand emas. Biroq zavod vakillari ular ishsiz qolmasligini aytishmoqda. Negaki, har qanday holatda ham elektron kombaynning ishlashini kimdir kuzatib turishi kerak. Endi uch-to‘rt kishi kombaynning ishlashini kuzatib boradi.

Zavod vakili bunday kombaynni robot 10 santimetr aniqlikda boshqara olishini bildirdi. Robot o‘rim jarayonini, bunker to‘lganini elektron tarzda boshqaradi. Robot kombaynni paykaldan-paykalga ko‘chiradi, yurgizadi, o‘chiradi. Buzilsa, to‘xtadi. Bu haqda dispetcher-operatorga xabar beradi.

T.MUROD tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!