“Avval mamlakatimiz ro‘yxatda umuman bo‘lmagan qator reytinglarda paydo bo‘lishni boshladik” — Sherzod Shermatov

O‘zbekistonning AyTi xab sifatidagi o‘rni yaxshilanib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘zining telegramdagi sahifasida ma’lum qilishicha, Ushbu yo‘nalishda barcha reytinglarda oxirgi yillarda O‘zbekistonning o‘rni ijobiy tomonga o‘zgaryapti va avval umuman mamlakatimiz ro‘yxatda bo‘lmagan qator reytinglarda ham paydo bo‘lishni boshladi.
“Barcha sohamizga tegishli ushbu reytinglarda O‘zbekiston jon boshiga daromadi deyarli bir xil bo‘lgan aksariyat davlatlardan yuqori joylashganligi ham xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baholanmoqda. Jumladan, bugun Oksford Universitetida e’lon qilingan Tarmoq tayyorgarligi indeksida ham shu masalaga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu bilan birgalikda bu kabi xalqaro reytinglar tahlili jamoamiz qaysi yo‘nalishlarda yanada ko‘proq harakat qilishi kerakligini ko‘rsatib beradi va kelgusi rejalarimizni to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi”, deyiladi xabarda.