Avval 5 yilga qamalgan "Toshissiqquvvati" xodimi yana firibgarlikka qo‘l urdi

A A A
Avval 5 yilga qamalgan "Toshissiqquvvati" xodimi yana firibgarlikka qo‘l urdi

“Ko‘r hassasini bir marotaba yo‘qotadi”, deyishadi. Biroq 26 yoshli “Toshissiqquvvati” DUKning filiallaridan birida kompyuter texnigi vazifasida ishlagan xodim takroran firibgarlik jinoyatiga qo‘l urdi...

Eng qizig‘i, birinchi gal firibgarlik jinoyatiga qo‘l urganida 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi. Lekin bu jazo tegishli xulosa chiqarish uchun yetarli bo‘lmagan ko‘rinadi. Yo‘qsa, yana xuddi o‘sha “yo‘l”dan yurishni lozim toparmidi?!

Sudlanuvchi o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida bir emas, ikki emas naq 34 nafar shaxsning ishonchini suiiste’mol qiladi.

U 2019 yilning bahoridan 2020 yilning so‘ngiga qadar, “Toshissiqquvvati” DUKning filiallaridan birida ishlagan. Ilk “o‘lja”siga issiq suv uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 1 100 000 so‘m pullarni kassa orqali uning xisob raqamiga to‘lab qo‘yishni va’da beradi. Undan naqd pullarni olib, mazkur summaga kvitansiya yozib beradi. Ammo bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuboradi.

“Qahramon”imiz hojatbarorlikni davom ettirib, yana bir fuqarodan issiq suv uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 2 428 000 so‘m pullarni olib, doimgidek kvitansiya yozib beradi. Bu gal ham pulni cho‘ntakka uradi.

Shu tariqa, kimdandir 600 000 so‘m, boshqasidan 3 200 000 so‘m, yana birovdan 5 000 000 so‘m, jami esa 51 026 000 so‘m pullarni olib, hamma fuqaroga olgan summasi uchun kvitansiya yozib beravergan. Lekin tarki odat – amri mahol deganlaridek birorta fuqaro nomidan kassa orqali ularning hisob raqamiga pul to‘lanmagan. Tabiiyki sudlanuvchi bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Sudlanuvchi sud majlisida aybiga qisman iqrorlik bildirdi.

— Haqiqatdan ham issiqlik tarqatish bo‘limida kompyuter texnigi vazifasida ishlaganman. Bo‘lim boshlig‘ining topshirig‘iga ko‘ra, fuqarolardan naqd pul qabul qilib olingan. So‘ng naqd pullarni bo‘lim boshlig‘im va boshqa shaxslar bilan bo‘lishib, o‘zlashtirganmiz. Olingan pullarning bir qismini men o‘zlashtirganman, qolganini bo‘lim boshlig‘i va uning yordamchilari o‘zlashtirgan, - deya qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy sharoitini inobatga olib, yengilroq jazo tayinlashni so‘radi.

“ETKAZILGAN ZARARNI UNDIRIB BERISHNI SO‘RAYMAN”

Jabrlanuvchilardan biri sud majlisida quyidagilarni bayon qildi:

— 2019 yilning noyabrida tuman issiqlik tarqatish bo‘limiga issiqlik ta’minotidan bo‘lgan qarzimni to‘lash uchun bordim. Kassasi yonida o‘tirgan sudlanuvchi kompyuter orqali ko‘rib, 1 620 000 so‘m qarzdorligim borligini aytdi. Unga naqd pul berdim, to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi kvitansiya to‘ldirib berdi. Shu bilan 2020 yilning noyabrida yana to‘lov uchun bordim. Yana o‘sha xodim 1 580 000 so‘m to‘lashim kerakligini aytdi, naqd pul berdim. To‘lov to‘laganligini tasdiqlovchi kvitansiya berdi. Biroq uyimga tuman issiqlik tarqatish bo‘limidan qarzdorlik xaqida xatlar kela boshladi. Bo‘limga borganimda esa to‘langan jami 3 200 000 so‘m kassaga kirim qilmaganini bildim. Suddan yetkazilgan zararni undirib berishni so‘rayman.

FIRIBGARGA QANDAY JAZO TAYINLANDI?

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga JK 59-moddasi 8-qismi tartibida sudning hukmi bilan avval tayinlangan jazoning o‘talmagan qismini qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 2 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni korxona, muassasa va tashkilotlarda moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchidan 34 nafar jabrlanuvchilar foydasiga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Zoxiddin Nuriddinov,

jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Mers Ukraina bo‘yicha muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi

Мерц бу ҳақда ZDF телеканалида айтиб ўтди.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

AQSh Jahon Savdo Tashkilotining davri tugadi deb hisoblamoqda

Бу ҳақда Financial Times (FT) хабар бермоқда.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.