Avtomobildan foydalanish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirish narxi yanada arzonlashadi

Avtomobildan foydalanish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirish narxi yanada arzonlashadi

Senat “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ma’qulladi.

🚘 Unga ko‘ra avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalar, shuningdek, avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun qarindoshligi bo‘lmagan boshqa shaxslardan undiriladigan davlat boji miqdori BHMning 2 barobari - 600 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Ayni vaqtda bu BHMning 3 barobari - 900 ming so‘mni tashkil qiladi. Shuni hisobga olsak ushbu toifadagi to‘lov 300 ming so‘mga arzonlashi kutilmoqda.

✅ Bundan tashqari, qonun bilan:

➖vafot etgan fuqaroning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotiga nisbatan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomani berishda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi;

➖mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o‘zgartirishlar kiritganlik uchun belgilangan davlat boji miqdorlari ikki barobarga kamaytiriladi;

➖garov, ipoteka va lizing shartnomalarini, qarz shartnomalarini hamda avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun tabaqalashgan davlat boji stavkalari birxillashtirilmoqda;

➖fuqarolar o‘rtasida chet el valyutasida qarz shartnomalarini notarial tartibda rasmiylashtirishda davlat boji miqdorini ikki baravarga kamaytiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!