Avtobusda 10 kilo zargarlik buyumlarini olib o‘tishga uringanlar ushlandi

Avtobusda 10 kilo zargarlik buyumlarini olib o‘tishga uringanlar ushlandi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, DXX xodimlari bilan hamkorlikda yurtimizga o‘tish uchun “Youtong BUS” rusumli avtobusda kirib kelgan fuqaro K.A. boshqaruvidagi transport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, avtobus salonining old qismidagi sovitgichning tagida, haydovchi tomonidan oldindan yashirilgan og‘zaki so‘rovida taqdim etilmagan hamda deklarasiyalanmagan 8 dona o‘ramdagi, qiymati qariyb 405 mln so‘mlik jami 1 745 birlik, og‘irligi salkam 10 kg bo‘lgan zargarlik buyumlari aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlarisiz, yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatgan holda umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!