Avstraliya sohillarida bortida 21 kishi bo‘lgan yuk kemasi halokatga uchramoqda

Avstraliya sohillarida bortida 21 kishi bo‘lgan yuk kemasi halokatga uchramoqda

Bortida 21 kishi bo‘lgan yuk kemasi Avstraliyaning Sidney shahri yaqinida halokatga uchramoqda, deb xabar berdi mahalliy 9News telekanali polisiya bergan ma’lumotga tayanib.

Ta’kidlanishicha, kema kuchli suv to‘lqini tufayli Sidney janubidagi Qirollik parkida suvlikda harakatlana olmay qolgan. U hozir sohildan taxminan bir kilometr uzoqlikda turibdi.

"Kema ekipaji 21 kishidan iborat bo‘lib, ularni havo orqali qutqarish taklifi ilgari surildi. Men Avstraliya dengiz xavfsizligi boshqarmasi bilan gaplashdim, ular qutqaruvning bunday usuli hozirda xavfli ekanini aytishdi va qutqaruv amaliyotini keyinga qoldirdi", – dedi Yangi Janubiy Uels shtati polisiyasi.

Telekanalning ma’lum qilishicha, falokat sodir bo‘lgan joyga hazirda shatakka oluvchi kema jo‘natilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!