«Aston Villa» 3 kun ichida amaldagi chempion va turnir jadvali yetakchisini mag‘lubiyatga uchratdi

«Aston Villa» 3 kun ichida amaldagi chempion va turnir jadvali yetakchisini mag‘lubiyatga uchratdi

«Aston Villa» va «Arsenal» jamoalari Angliya premer-ligasining 16-turida to‘qnash keldi.

Uchrashuvning yettinchi daqiqasidayoq mezbonlar oldinga chiqib olishdi. Jon Makginn Leon Beylining uzatmasidan gol urdi. Bu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi - 1:0.

Angliya premer-ligasining joriy 16-turidan so‘ng «Aston Villa» 35 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinda bormoqda. O‘z navbatida, «Arsenal» Angliya chempionatida xuddi shunday sondagi o‘yinlardan so‘ng 36 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Qayd etish kerakki, «Aston Villa» 3 kun ichida amaldagi chempion - «Manchester Siti» va turnir jadvali yetakchisi «Arsenal»ni mag‘lubiyatga uchratdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!