Asteroidlar qanchalik xavfli?

A A A
Asteroidlar qanchalik xavfli?

Ahyon-ahyonda jahon matbuotida insonlarda katta qo‘rqinch hosil qiluvchi xabarlar paydo bo‘lib turadi. Nima emish, “Erimizga juda katta kosmik jism yaqinlashib kelmoqda. Uning Yer bilan to‘qnashishi ehtimoli juda katta. Agar to‘qnashadigan bo‘lsa, ana unday bo‘ladi, mana bunday bo‘ladi” va hokazo...

Bu gaplarda qanchalik jon bor? Yerimizga kelib uriladigan kosmik jism o‘zi nima? Albatta, bunday xabarlarda biroz bo‘lsa-da, jon bor. Insoniyat tarixida bir necha bor kosmik jismlarning Yer bilan to‘qnashgan paytlari bo‘lgan. Yaqin-yaqinlarda Yerda oxir zamon (apokalipsis) yuz beradi degan xabarlarni ko‘pchiligimiz eshitganmiz.

Masalan, shunday xabarlardan birida 2012 yil dekabr oyida oxir zamon yuz berishi to‘g‘risida dunyoda qanchalik sarosimalar yuzaga kelgandi. Yana bir misol, shunday xabarlardan biri 2004 yil matbuotda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu xabarga ko‘ra, Apofis nomli asteroidning Yer bilan to‘qnashish ehtimoli juda katta bo‘lgan. Olimlarning aytishicha, bu asteroid Yer bilan 2036 yilda to‘qnashishi ehtimoli yuqori. Lekin bu asteroid 2013 yil yanvarida yerimizga yaqinlashib, undan 14 million kilometr narida o‘tgandan keyin NASA olimlari kelajakda bu asteroidning yer bilan to‘qnashishi ehtimolini eng minimumga tushirishgan.

Xudo ko‘rsatmasin, mabodo bu asteroid Yerimiz bilan to‘qnashganda nima bo‘lishi mumkin edi? Bu asteroidning diametri 300 metr, og‘irligi 27 million tonna atrofida bo‘lgan. Agar Yer sirti bilan to‘qnashganda edi. Bu to‘qnashuvdan 1717 megatonna trotil ekvivalentida (qariyb 1 trillion kilokaloriya issiqlik yoki AQShning 1945 yilda Yaponiyaning Nagasaki shahriga tashlagan atom bombasi 20 kt. quvvatga ega bo‘lgan bo‘lsa. Demak, 85850 ta shunaqa bomba kuchiga ega bo‘lgan) energiya ajralib chiqqan, tushish nuqtasi - episentrdan 10 kilometr radiusda yuzaga kelgan zilzila Rixter shkalasi bo‘yicha 6,5 ball quvvatga ega bo‘lgan, portlashdan yuzaga kelgan shamolning tezligi sekundiga 790 metrga yetgan bo‘lardi.

Kelgusi safar xuddi shunday o‘lchamdagi asteroid 2027 yilda Yerga yaqinlashadi. Lekin mutaxassislarning hisob-kitobi bo‘yicha 2070 yilgacha hech qanday kosmik ob’ekt Yerga katta xavf to‘g‘dirmas ekan.

Biz tomon uchib keladigan kosmik jismlarning nomini asteroidlar deb atashadi. Asteroidlar – ular qattiq toshlik jismlar bo‘lib, sayyoralar kabi Quyosh atrofida elliptik orbitalar bo‘yicha harakatlanadi. Ular o‘zlarining o‘lchamlari bo‘yicha sayyoralardan ancha kichik bo‘lgani uchun ularni kichik sayyoralar ham deb atashadi. Asteroidlarning diametri bir necha o‘n metrdan 1000 kilometrgacha bo‘ladi. "Asteroid" atamasi “yulduzsimon” degan ma’noni anglatib, birinchi marta XVIII asrning mashhur astronomi Uilyam Gershel tomonidan fanga kiritilgan. Shu kungacha ma’lum bo‘lgan asteroidlar Mars va Yupiter orbitalari orasida Quyoshdan 2,2-3,2 astronomik birlikda (1 astronomik birlik = 150 million kilometr) masofalarda joylashgan orbitalarda harakat qilishadi.

Hammasi bo‘lib hozirgi kunda taxminan 20000 asteroid kashf etilgan. Bularning barchasi asteroidlar belbog‘i deb ataluvchi halqa ichida o‘rtacha 20 km/sek. tezlik bilan Quyosh atrofini 3 yildan 9 yilgacha bo‘lgan vaqt ichida bir marta aylanib ulgurishadi. Aylanish orbitalari bo‘yicha orbitalari asteroidlar belbog‘ining ichki chegarasidan Quyoshga yaqinroq joylashgan asteroidlar uch guruhga bo‘linadi: Amur guruhi, Apollon guruhi va Aton guruhidagi asteroidlar. Amur guruhidagi asteroidlar Yer orbitasiga yaqinlashadi, lekin u bilan kesishmaydi. Apollon guruhidagi asteroidlar orbitalarining katta bo‘lmagan qismi Yer orbitasining ichida joylashgan bo‘ladi. Aton guruhidagi asteroidlar ko‘p “vaqti”ni Yer orbitasining ichida o‘tkazadi. Shu sababli oxirgi ikki guruh asteroidlarining sayyoramiz bilan to‘qnashuvi ehtimoli katta hisoblanadi.

Asteroidlar qandaydir sabablarga ko‘ra o‘z orbitalarini o‘zgartirib, Yer atmosferasiga kirib keladigan bo‘lsa, ular bizga shar olov bo‘lib ko‘rinadi va bolidlar deb ataladi. Yer atmosferasining zich qatlamlariga kirgach, atmosferaning ko‘rsatgan kuchli qarshiligi tufayli bu jismlar o‘zlarining o‘ta qizib ketishlari natijasida parchalanib ketadi va ulkan tovush chiqarib, Yerga qulab tushadi. Bundan hosil bo‘lgan parchalar meteoritlar deb ataladi. Kichik o‘lchamlarga ega bo‘lganlari esa Yer atmosferasida butunlay erib, bug‘lanib ketishadi.

Meteoritlar uch turda bo‘ladi: toshli, temirli va temirli-toshli. Odatda meteoritlarni ular Yerga tushgandan ko‘p vaqtlar o‘tgandan keyin topishadi. Topilgan meteoritlarning ko‘pi temirli meteoritlar bo‘ladi. Ular tarkibidagi radioaktiv elementlarning va qo‘rg‘oshinning bo‘lishiga qarab meteoritlarning yoshlari aniqlanadi. Bunday yosh turli meteoritlarda turlicha bo‘ladi. Lekin eng ko‘p yosh 4,5 milliard yil bo‘lishi mumkin. Ayrim ulkan meteoritlar katta tezlik bilan Yerga tushishi ham mumkin. Ular Yer atmosferasiga bunday katta tezlik bilan kirib kelayotganlarida juda qizib ketadi va uning tarkibidagi ayrim moddalar erib, qorayib qoladi. Ana shunday qorayib Yerga tushgan “qora tosh” meteoritning katta bo‘lagi   Makkaga qo‘yilgan va musulmonlarning sig‘inish ob’ektiga aylangan.

Meteoritlar tushganda Oydagi kraterlarga o‘xshatib, ulkan kraterlarni hosil qiladi. Dunyoning bunday eng katta va yaxshi o‘rganilgan kraterlaridan biri AQShning Arizona shtatidagi Deniyel Berrinjer krateri hisoblanadi. Bu krater bundan 50000 yil oldin yuzaga kelgan bo‘lib, uning diametri 1219 metr, chuqurligi 229 metrga teng. Portlash vaqtida undan otilib chiqqan  tuproq krater atrofidagi tekislikdan 46 metrli tepalik hosil qilgan. Bu krater fan olamiga faqat 1891 yili ma’lum bo‘lgan.

Olimlarning hisobiga ko‘ra, bunday kraterni yuzaga keltirgan kosmik ob’ektning diametri 50 metr bo‘lishi, Yer sathiga 45-60 km/sek. tezlik bilan kelib urilishi va portlash vaqtida 150 Mt trotil ekvivalent energiya chiqarishi kerak yoki AQShning 1945 yilda Yaponiyaning Nagasakiga tashlagan atom bombasi quvvatidan 8000 marta kuchli quvvatga ega bo‘lgan. Krater ichidan va tashqarisidan ko‘plab topilgan temir nikeldan tashkil topgan parchalar bu kraterning meteorit tomonidan yuzaga keltirilganligini tasdiqlagan. Hozirgi vaqtda bu krater sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan ob’ektga aylangan.

Vaqtida (dinozavrlar yashagan vaqtlarda) bundan-da ulkan asteroidning Yerimizga qulab tushganligi va qisqa vaqt ichida dinozavrlarning qirilib ketganligi to‘g‘risida ham fanda ma’lum bir asoslar bor. Ularning suyaklari 65 million yildan ortiq bo‘lgan geologik qatlamlarda uchraydi. Undan keyingi qatlamlarda mutlaqo uchramaydi. Bundan shunday xulosaga kelinganki, bundan 65 million yillar oldin Yerga juda katta asteroid qulagan, undan atmosferaga chang bulutlari ko‘tarilgan. Oqibatda Yerga kelayotgan Quyosh nurlari keskin kamaygan. Dastlab dinozavrlar oziqlanadigan o‘simliklar, keyin esa dinozavrlarning o‘zlari yo‘q bo‘lib ketgan.

Erning kosmik jism bilan navbatdagi to‘qnashuvi 1908 yilning 30 iyunida Sibirning Podkamennaya Tunguska daryosi tepasida sodir bo‘lgan va bu to‘qnashuv Tungus fenomeni yoki tungus meteoriti deb ataladi. O‘sha kuni ertalab soat 7 dan 14 daqiqa o‘tganda katta olov bilan qurshalgan silindrsimon jism osmonda baland xushtaksimon tovush bilan Yer atmosferasiga kirib kelgan va kuchli portlagan. 50 megatonnalik (bu degani 2500 dona Nagasaki ustida portlagan atom bombasiga ekvivalent) kuch bilan portlashdan yuzaga kelgan zarba to‘lqinini butun jahon observatoriyalari qayd qilgan. Portlash episentridan yuzlab kilometrlar naridagi imoratlarning derazalari sinib otilib ketgan. 2000 kilometr kvadrat maydondagi 80 million daraxtlar ildizi bilan qo‘porilib, episentr  atrofiga “chizilgan” aylana yoyiga tik ravishda yotib qolgan. Episentrda qolgan daraxtlarning shoxlari va po‘stlari uzilib, daraxtning o‘zi kuyib, ustunga aylangan. Hosil bo‘lgan Yer silkinishi yer sharini ikki martaba aylanib chiqishga ulgurgan. Portlashdan keyin bir necha kun davomida Atlantikadan to Markaziy Sibirgacha bo‘lgan hududda osmon intensiv shu’lalanib turgan. Portlash vaqtida osmonning yoritilishi shu darajada bo‘lganki, aytaylik portlash Moskva ustida bo‘lsa, unday paydo bo‘lgan yoritilganlik Belorussiyaning, Boltiq dengiz bo‘yi davlatlarining va Ukraina hududining kechasini kunduzga aylantirganlik darajasida bo‘lgan. Portlashdan keyin 5 soat davom etgan magnit bo‘roni kuzatilgan.

Halokat rayoniga bir qancha bor sovet va xorij davlatlarining ilmiy ekspedisiyalari tashkil qilinib, bo‘lib o‘tgan fojia tafsilotlari o‘rganilgan. Barcha o‘rganishlar shuni qayd etganki, halokat episentrida hech qanday krater hosil bo‘lmagan, hodisa episentirida ham, uning atrofida ham bironta meteorit parchalari topilmagan. Bunday natija halokatning asosiy sababchisi biror meteoritning yer bilan to‘qnashuvidan yuzaga kelmaganligini ko‘rsatgan. Agar biror kometaning yer bilan to‘qnashuvi natijasi deyilsa, kometaning kuzatilgan osmon charaqlashini yuzaga keltirolmasligiga sabab bunday xulosa qilish imkonini bermagan.

Xullas, Tungus fenomeni tabiati to‘g‘risida hozirgi paytgacha 77 ta gipotezalar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, uning asosiy sababi hozirgacha noma’lumligicha qolmoqda. Shunday gipotezalar ichida Nikola Teslaning bu holaktni tashkil etishda qo‘li bor degan fikr ham yo‘q emas. Lekin bu haqda boshqa maqolada so‘z yuritamiz.

Yaqinda, 2013 yilning 15 martida soat 9 dan 20 daqiqa o‘tganda Rossiya Federasiyasining Chelyabinskiy shahriga diametri 17 metr, og‘irligi 10 ming tonna bo‘lgan asteroid sekundiga 18 kilometr tezlik bilan Yer atmosferasiga kirib, 25 kilometr balandlikda portlab ketgani hammamizga ma’lum. Uning portlashidan 440 kilotonna (demak, Nagasakiga tashlangan atom bombadan 22 donasining portlashiga teng) energiyalik zarba yuzaga kelgan va bu zarbadan ko‘plab inshootlar va odamlarga shikast yetgan.

O‘rni kelganda, shu zamin yashovchi insonlardan biri sifatida Yerga fazodan keladigan katta xavf to‘g‘risida fikrimni aytib o‘tmoqchiman. Jahon olimlari bu xavf to‘g‘risida ko‘pdan beri mulohaza yuritib keladi. Yer tomon kelayotgan va Yer bilan to‘qnashishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarni unday qilib yoki bunday qilib uni Yerga tushirmasdan, fazoning o‘zida yo‘q qilib yuborish mumkin, deyishadi. Lekin kunlarning birida bunday xavf real haqiqatga aylansa-chi?

Koronavirus bu Xitoydan chiqdi, bizga aloqasi yo‘q, degan yana katta xatoga yo‘l qo‘yilmaydimi, degan xavotirlar ham yo‘q emas. Shuning uchun jahon olimlari turli siyosatlarni bir chetga qo‘yib, real rejasini tuzib va unga tayyorgarlik ko‘rishi, har qanday xavfning oldini olishi lozim. Bunday xavfni birgina davlatning bartaraf etishi, qiyin masala.

Internet materiallari asosida SamDU professori Ortiq PARDAYEV tayrladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron Hormuz orqali yangi yo‘nalish ishlab chiqdi

Бу ҳақда Қатарнинг Al Jazeera телеканали хабар берди.

Bahodir Jalolov: “Erkak kishini ikki narsa sindiradi..."

Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.