Asaka agrotexnologiya texnikumi bilan Andijon qishloq xo‘jaligi instituti o‘rtasida “2+2” dasturi joriy qilinadi

Asaka agrotexnologiya texnikumi bilan Andijon qishloq xo‘jaligi instituti o‘rtasida “2+2” dasturi joriy qilinadi

Asaka agrotexnologiya texnikumi bilan Andijon qishloq xo‘jaligi instituti o‘rtasida “2+2” dasturi joriy qilinishi belgilandi.

Ya’ni, texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar oliygohning ikkinchi yoki uchinchi kursida o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Texnikumni tugatib, ikki yoki uch yil ishlagan, tajribasi bor o‘quvchilarga imtihon asosida, bakalavrga teng malaka darajasi beriladi.

Milliy reytingda oxirgi o‘rinda turgan Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida boshqaruv va o‘qitish metodikalarini to‘liq yangilash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Andijon shahar kasb-hunar maktabida yo‘lga qo‘yilgan tajribani boshqa profta’lim muassasalarida ham joriy qilish topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!