Armanistonda harbiy holat: 18-55 yoshdagi erkaklarga mamlakatdan chiqish taqiqlandi

Armanistonda harbiy holat:  18-55 yoshdagi erkaklarga mamlakatdan chiqish taqiqlandi

18-55 yosh oralig‘idagi armanistonlik erkaklarga mamlakatdan ruxsatsiz chiqish taqiqlandi. Bu haqda «Sputnik Armeniya» yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 55 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar orasida harbiy safarbarlik boshlangan. Shuningdek, 18-55 yosh oralig‘idagi erkaklarga hududlardagi harbiy kommisariyat ruxsatisiz mamlakatdan chiqish taqiqlangan. Mamlakatdagi harbiy holat sabab shunday qaror qabul qilingan.

Ma’lumot uchun, 27 sentyabrda Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarboyjon harbiylari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. «Sputnik Armeniya»ga ko‘ra, ikki kundirki davom etayotgan to‘qnashuvlarda Armaniston tomondan 59 nafar harbiy va ikki nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan. Yuzlab odamlar jarohatlangan. Ozarboyjon Mudofaa vazirligi esa Armaniston to‘qnashuvlar davomida 550 nafar harbiysini yo‘qotganini xabar qilgan.

Yuzaga kelgan to‘qnashuvlarda ikki tomon ham bir-birini ayblamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!