Armaniston va Ozarbayjon tinchlik shartnomasini imzolash niyatida

Armaniston va Ozarbayjon tinchlik shartnomasini imzolash niyatida

Armaniston TIV rahbari Ararat Mirzoyan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning taklifiga binoan Vashingtonda ozarbayjonlik hamkasbi Jayhun Bayramov bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasida tinchlik bitimini o‘rnatishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

Ararat Mirzoyan AQSh Davlat departamentining Kavkaz masalalari bo‘yicha maslahatchisi Luis Bono bilan uchrashuvda bunga rozi bo‘lganini aytdi.

- Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka oid masalalarni muhokama qildilar. Armaniston AQShning Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan Vashingtonda uchrashuv o‘tkazish taklifiga ijobiy munosabat bildirdi, - deyiladi xabarda.

Yaqinda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti adminstrasiyasi va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri devoni qo‘shma bayonot berib, ikki davlat o‘z munosabatlarini tartibga solish va suverenitet, hududiy yaxlitlik hamda tinchlik tamoyillari asosida tinchlik kelishuviga erishish niyatida ekanini tasdiqladi. Kelishuv doirasida Boku 32 nafar armanistonlik harbiyni, Yerevan esa ikki nafar ozarbayjonlik harbiyni ozod qiladi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ishonchni oshirishga harakat qiladi. Bu, shubhasiz, Janubiy Kavkaz mintaqasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Muzokaralar natijasida ikki davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash bo‘yicha uchta asosiy yo‘nalishni o‘z zimmasiga olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kecha Ozarbayjon TIV Armanistonni tinchlik bitimini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarni yangilashga chaqirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!