Armaniston va Ozarbayjon chegara borasida kelishib oldi. Rossiya ularga bosh bo‘ldi

Armaniston va Ozarbayjon chegara borasida kelishib oldi. Rossiya ularga bosh bo‘ldi

🇦🇲🇦🇿🇷🇺Armaniston va Ozarbayjon Rossiya ishtirokida yil oxirigacha chegarani demarkasiya va delimitasiya qilish mexanizmlarini yaratishga kelishib oldi

Tomonlar mintaqadagi transport yo‘laklarini blokdan chiqarish borasida ham kelishuvga erishgan.

Rossiya Federasiyasi, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari Qorabog‘ning iqtisodiy salohiyatini ochish uchun imkon qadar tezroq loyihalarni ishga tushirish zarurligini ta’kidladi.

Uch tomonlama uchrashuvda liderlar Ozarbayjon-Armaniston chegarasida barqarorlik va xavfsizlikni oshirish uchun qadamlar tashlashga kelishib oldi.

Bu haqda Putin Aliyev va Pashinyan bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi. Kelgusi haftada Rossiya Federasiyasi, Armaniston va Ozarbayjon bosh vazir o‘rinbosarlari Moskvada yig‘ilishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!