Armaniston Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olishga tayyor – Pashinyan

Armaniston Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olishga tayyor – Pashinyan

“(Armaniston tan olishga tayyor) 86,6 ming kv km hududga Tog‘li Qorabog‘ kiradi. Lekin shuni ham ta’kidlash kerakki, Tog‘li Qorabog‘ armanlarining huquqlari va xavfsizligi masalasi Boku-Stepanakert formatida muhokama qilinishi kerak”,- deydi Armaniston bosh vaziri.

U Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi matni bo‘yicha tez orada kelishuvga erishilishiga umid bildirdi. Avvalroq Pashinyan Boku Armaniston hududining 29,8 ming kvadrat kilometrini, Yerevan esa Ozarbayjon hududining 86,6 ming kvadrat kilometrini tan olishini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!