Argentinada Prezident saylanmoqda

Argentinada Prezident saylanmoqda

Argentinada prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi davom etyapti. Bu jarayonda 35 milliondan ziyod saylovchi og‘ir iqtisodiy inqirozni boshidan kechirayotgan mamlakatning keyingi 4 yillik kelajagini belgilab oladi.

“Euro News” ma’lum qilishicha, eng yuqori lavozimga nomzodlar – iqtisodiyot vaziri – Peronistlar vakili, so‘l markazchi Serxio Massa va doimiy ravishda

Donald Tramp bilan taqqoslanadigan libertar “Ozodlik keladi” koalisiyasi yetakchisi Xaver Miley o‘rtasida “poyga” davom etmoqda.

Bir oy oldin, birinchi bosqichda Miley 30 foiz, Massa esa 37 foiz ovoz to‘plagan edi. Amaldagi iqtisodiyot vazirining muvaffaqiyati tahlilchilarni hayratda qoldirdi. U mamlakatda yillik inflyasiya darajasi rekord ko‘rsatkich – 143 foizga yaqinlashayotganini e’lon qildi.

Tashqi qarz va iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida raqobat yo‘qligi inflyasiya tarixan yuqori nuqtaga chiqqaniga asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, vaziyat bu yilgi qurg‘oqchilik tufayli yanada yomonlashdi.

Massa holatni “byudjet intizomi” va valyuta zaxirasini boyitish orqali o‘nglashga, Miley esa pesoni dollarga almashtirib, Markaziy bankni tugatishga va’da bermoqda.

Dastlabki natijalar mahalliy vaqt bilan 21.00 dan keyin e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!