Arab davlatlari Sudandagi sulhni olqishlamoqda

A A A
Arab davlatlari Sudandagi sulhni olqishlamoqda

Arab davlatlari Saudiya Arabistoni va AQShning vositachilik sa’y-harakatlari bilan Sudandagi ziddiyatli tomonlar o‘rtasida erishilgan qisqa muddatli sulhni olqishlaydi.

Qatar Tashqi ishlar vazirligi kelishuv Sudanda uzoq muddatli otashkesim uchun poydevor qo‘yishiga umid bildirdi.

Qatar, shuningdek, Saudiya Arabistoni va AQShga kelishuvga erishishdagi roli uchun minnatdorchilik bildirdi.

BAA Tashqi ishlar vazirligi ham kelishuvni olqishladi va bu keng qamrovli va doimiy tinchlik sari qadam bo‘lishiga umid bildirdi.

Quvayt, Bahrayn, Misr va Iordaniya tashqi ishlar vazirliklari ham erishilgan kelishuv nihoyat Sudandagi mojarolarga chek qo‘yishiga umid bildirdi.

Mamlakatlar kelishuvga erishishda AQSh va Saudiya Arabistonining vositachilik rolini yuqori baholadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!