AQShning eng badavlat biznesmenlari reytingi yangilandi

AQShning eng badavlat biznesmenlari reytingi yangilandi

Forbes USA Tesla bosh direktori va SpaceX asoschisi Ilon Maskning boyligi 251 mlrd dollar deb baholadi. U to‘rt yildan buyon birinchi o‘rinda kelayotgan Amazon asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirdi.

Endilikda Bezos ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda turibdi: uning boyligi 151 mlrd dollar deb baholandi.

Microsoft hammuassisi Bill Geytsning boyligi 106 mlrd dollar, Oracle hammuassisi Larri Ellisonning boyligi miqdori 101 mlrd dollar deb baholangan. Yuqori beshtalikni Uorren Baffet yakunlaydi (97 mlrd dollar).

Yuqori o‘ntalikdan Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin, Microsoft sobiq rahbari Stiv Balmer, biznesmen Maykl Blumberg va Walmart tarmog‘i egalaridan biri Jim Uolton joy oldi.

Koch Industries kompaniyasi egasi bo‘lgan Devid Kohning bevasi Juliya Koh AQShning eng badavlat ayoli deb topildi. Uning boyligi 56 mlrd dollar deb baholandi.

Kohdan keyingi o‘rinda Walmart aksiyadorlaridan biri Elis Uolton joylashdi (55,7 mlrd dollar).

Forbes USA eng boy 20 nafar amerikalikning umumiy boyligini 1,6 trln dollar deb baholadi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 235 mlrd dollarga kam.

Jahon reytingida ham Mask birinchi o‘rinda, Bezos esa to‘rtinchi o‘rinda: undan yuqorida LVMH egasi Bernar Arno va hindistonlik biznesmen Gautam Adani turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!