AQShlik qo‘shiqchi Barrett Strong vafot etdi

AQShlik qo‘shiqchi Barrett Strong vafot etdi

Yakshanba kuni amerikalik qo‘shiqchi Barrett Strong 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Motown Records ovozyozish studiyasi xabar tarqatdi.

"Afsonaviy qo‘shiq muallifi, Motown Records guruhining birinchi xiti qo‘shiqchisi Barrett Strong vafot etganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Strong ijodiy faoliyatini 1959 yilda boshlagan. O‘sha yilning oxirida u Money (That's What I Want) qo‘shig‘ini yozdi, u yakunda rok klassikasiga aylandi. The Beatles va The Rolling Stones kabi mashhur guruhlar tomonidan ijro etilgan. 2011 yilda Rolling Stones qo‘shig‘i barcha davrlarning 500 ta eng zo‘r qo‘shiqlari ro‘yxatida 294-o‘ringa qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!