AQShda sintetik giyohvand moddalardan vafot etganlar rekord darajaga yetdi

AQShda sintetik giyohvand moddalardan vafot etganlar rekord darajaga yetdi

AQSh rasmiylari sintetik dorilarning ko‘pincha konfetga o‘xshash yorqin ranglisini haddan tashqari dozada qabul qilish o‘limga olib kelishini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda CBS News.

Bosh prokuror Merrik Garland Giyohvandlikka qarshi kurash boshqarmasi AQShga giyohvand moddalarni olib o‘tuvchi meksikalik narkokartellarga qarshi kurash olib borayotganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, may va sentyabr oylari orasida mamlakat bo‘ylab fentanil va yuzlab funt kukun ko‘rinishadagi giyohvand modda bo‘lgan 10 milliondan ortiq tabletka musodara qilingan.

Dozani oshirib yuborish oqibatida vafot etganlar soni 2021 yil aprelidan boshlab 12 oy ichida 100 ming kishidan oshdi.

Hisobotda aytilishicha, ko‘plab yoshlar fentanil qo‘shilgan bitta tabletkadan vafot etgan.

Giyohvand moddalarga qarshi kurash boshqarmasi ma’muri Enn Milgremning so‘zlariga ko‘ra, 21 shtatda rangli tabletkalar musodara qilingan.

Federal hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlardagi fentanilning katta qismi uchun Meksikaning ikkita narkokarteli javobgardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!