AQSh Xitoyni yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi

AQSh Xitoyni yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Xitoy kompaniyalariga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda, ular Amerika rasmiylariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani qo‘llab-quvvatlamoqda. Banklar nishonga olinishi mumkinligiga ishora qilingan. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

«Bizning fikrimizcha, Xitoy to‘xtashi kerak, chunki biz buni milliy davlatlarning odob - axloq qoidalaridan tashqarida deb hisoblaymiz», dedi Sallivan Koloradodagi Aspen xavfsizlik forumida.

«Siz qo‘shimcha sanksiya choralarini kutishingiz mumkin», deydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!