AQSh va Vyetnam eng katta qurol paketini topshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Vyetnam bilan mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik tarixidagi eng yirik qurol-yarog‘ paketini topshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar bermoqda Reuters ism-sharifi oshkor qilinmagan ikki manbaga tayanib.
"Qurol paketi Vashington va Xanoy o‘rtasidagi yangilangan hamkorlikni Amerika F-16 qiruvchi samolyotlari parkini sotish bilan yakunlashi mumkin", deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, kelishuv bo‘yicha muzokaralar dastlabki bosqichda.
Kelishuvning aniq shartlari hali aniqlanmagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)