AQSh va Isroil Al-Aqso masjidi ustidan Iordaniyaning tarixiy boshqaruv huquqini bekor qilmoqchi

AQSh va Isroil Al-Aqso masjidi ustidan Iordaniyaning tarixiy boshqaruv huquqini bekor qilmoqchi

Bu haqda bir qancha manbalarga tayanib Middle East Eye nashri xabar berdi.

"AQSH, Iordaniya, Falastin va Fors ko‘rfazi davlatlaridagi manbalarning ma’lum qilishicha, buning ortida Donald Trampning kuyovi Jared Kushner hamda Qo‘shma Shtatlarning Isroildagi elchisi Mayk Hakabi turibdi. Ular majmuada Isroil manfaatlariga mos keladigan yangi tartib o‘rnatishni rejalashtiryapti. Mazkur rejaga ko‘ra, Iordaniya qo‘llab-quvvatlaydigan Islom vaqfi boshqaruvi tugatiladi. Isroil hukumati tomonidan tuziladigan yangi organ esa Al-Aqsoni “ko‘p dinli markaz” deb e’lon qiladi", deya qayd etadi nashr.

Anonim qolishni so‘ragan rasmiylarning aytishicha, bu yahudiylarga musulmonlar ziyoratgohiga teng huquqli kirish imkonini beradi. Shuningdek, u yerda yahudiylarning katta guruh bo‘lib ibodat qilishiga rasman ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, Isroil masjidga imomlarni tayinlashda asosiy so‘z huquqiga ega bo‘ladi. Juma xutbalarining mazmuni ham Isroil bilan kelishilishi kerak bo‘ladi. AQSh rasmiylaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Al-Aqsodan an’anaviy islom qiyofasini olib tashlab, uni uchta ibrohimiy din (islom, xristianlik va yahudiylik) vakillari keladigan turistik maskanga aylantirmoqchi.

Taklifga binoan, arab davlatlariga Al-Aqso majmuasini navbatma-navbat nazorat qilish huquqi berilishi mumkin. Ushbu reja bilan Bahrayn, Misr, Marokash va BAA rasmiylari tanishtirilgan. Biroq Iordaniya va uning yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Saudiya Arabistoni bu taklifga keskin qarshi chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...

Сербия президенти Европа ва Россия ўртас