Suv va sel-suv omborlarida suvdan bo‘shagan yerlar ijaraga beriladi

Suv va sel-suv omborlarida suvdan bo‘shagan yerlar ijaraga beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev suv fondi yerlari hamda sel suvlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatimizda suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigasiya tarmoqlarini modernizasiya qilish va suv tejamkorligini ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda.

Xususan, yurtimizdagi 150 ming kilometr daryo va kanal o‘zanlarini betonlash ishlarining boshlangani natijasida yiliga 1,3 milliard kub metr suv tejalmoqda. Bu Navoiy viloyatining bir yillik suv iste’moliga teng. Shu kunga qadar 2 ming kilometr magistral kanal betonlashtirildi, 721 kilometr kanal, 525 kilometr lotok va yopiq tarmoqlar qurildi. Ushbu maqsadlarga 3 trillion so‘m ajratildi. Natijada 858 ming gektarda suv ta’minoti yaxshilanib, 51 ming gektar yer qayta foydalanishga kiritildi.

Yig‘ilishda suv infratuzilmasini nafaqat texnik ob’ekt, balki iqtisodiy aktiv sifatida ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Bugun dunyoda daryo, kanal, suv omborlari va ko‘llar bo‘yida turizm, dam olish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik hududlarini tashkil etish katta iqtisodiy yo‘nalishga aylangan.

Bunday loyihalar ko‘chmas mulk va yer uchastkalari qiymatini oshirish, tuman va shaharlar iqtisodiyotini jonlantirish, ichki turizm va xizmatlar sohasini rivojlantirish, investisiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ekologik barqarorlikni yaxshilashga xizmat qiladi.

Jahon tajribasida suv infratuzilmasi atrofidagi turizm loyihalariga kiritilgan 1 dollar sarmoyaning iqtisodiy qaytimi 3-10 dollar atrofida baholanadi.

Shu bois, mutasaddilar va hokimlar suv infratuzilmasini iqtisodiy samara beradigan loyihalarga aylantirish ustida tizimli ishlashi zarurligi qayd etildi.

Buning uchun qator yangi imkoniyatlar yaratiladi. Jumladan, qirg‘oqlar yuvilishi va suv bosishiga sabab bo‘layotgan qum-shag‘alni qazib olishga ruxsat beriladi. Suv va sel-suv omborlari, kanal, kollektor, tabiiy ko‘l va gidrotexnika inshootlarini tuproqdan tozalash ishlariga tadbirkorlar tendersiz jalb qilinadi. Suv va sel-suv omborlarida suvdan bo‘shagan yerlar ekin ekish uchun auksion orqali ijaraga beriladi.

Shu bilan birga, ayrim hududlarda mazkur imkoniyatlardan yetarlicha foydalanilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Suv fondiga tegishli uchastkalarda tadbirkorlik, turistik va ko‘ngilochar ob’ektlar qurish imkoniyati bo‘lgan 100 ming gektar yer maydoni aniqlangan. Ushbu yerlarda 100 ming aholining bandligini ta’minlab, yiliga 220 milliard so‘m qo‘shimcha daromad manbaini yaratish mumkin.

Mutasaddilarga suv fondi yerlarini ijaraga berish, monitoring qilish, shartnomalar tuzish va hisobotini onlayn yuritish bo‘yicha axborot tizimini ishga tushirish topshirildi. Kosmik tadqiqotlar agentligiga daryo o‘zanlari va suv xo‘jaligi ob’ektlaridan qazib olinadigan qum-shag‘al hajmini aniq hisoblash va tegishli idoralarga taqdim etish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda sel-toshqin suvlaridan foydalanish masalasi ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Iqlim o‘zgarishi tufayli so‘nggi yillarda qisqa vaqtda kuchli yomg‘irlar ko‘paymoqda. Bu esa sel-toshqinlar xavfini oshirmoqda. Ayniqsa, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarining tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel xavfi yuqori hisoblanadi.

Sel-toshqinlar infratuzilma va qishloq xo‘jaligigagina emas, balki sanoat, sug‘urta, logistika va tashqi savdoga ham zarar yetkazadi. Qolaversa, sel suvlari xavf manbai bo‘lish bilan birga suv zaxiralarini to‘ldirish uchun ham katta imkoniyatdir.

Mamlakatimizda sel xavfi mavjud 60 ta yirik soy orqali yiliga 690 million kub metr suv samarasiz oqib ketmoqda. Undan samarali foydalanish orqali 13 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish, suv ta’minotini yaxshilash va baliqchilikni rivojlantirish imkoniyati borligi ta’kidlandi.

Shu bois, sel suvlarini boshqarishda faqat to‘g‘on qurish bilan cheklanmasdan, integral yondashuvni ham joriy etish zarurligi qayd etildi. Bunda sel xavfini kamaytirish, suvni to‘plash, qishloq xo‘jaligi, energetika, baliqchilik, turizm va xizmatlar sohasi bilan bog‘liq loyihalarni birgalikda amalga oshirish nazarda tutiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan mutasaddilarga suv infratuzilmasini iqtisodiy faollik manbaiga aylantirish, sel-toshqin xavflarini kamaytirish, suv zaxiralaridan samarali foydalanish va mazkur yo‘nalishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish yuzasidan qator topshiriqlar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Munisa Rizayeva to‘y xizmatlari narxini oshkor qildi: Poytaxt va viloyatlar o‘rtasidagi farq qancha?

Таниқли хонанда Муниса Ризаева "ИнтервюТв" лойиҳасига берган интервьюсида тўй хизматлари учун белгиланган нархларни ошкор қилди.

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar sotuvi rekord darajaga chiqdi

Эълон қилинган расмий маълумотларга кўра, Ўзбекистон — Колумбия ўйини учун ҳозирги соатгача роппа-роса 74 725 та чипта сотиб бўлинган.

So‘nggi 140 yildagi eng kuchli El-Nino hodisasi yaqinlashmoqda. Bu butun dunyodagi ob-havoga ta’sir qilishi mumkin

Маълумот учун, Эл-Нино — ҳар икки йилдан етти йилгача бўлган даврда такрорланиб турадиган иқлим ҳодисасидир.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

KXDR AQShning yadroviy quroldan voz kechish chaqirig‘iga javob berdi

Бу ҳақда Шимолий Корея Ташқи ишлар вазирлиги эълон қилди.

Qatar davlat investisiya jamg‘armasi Shveysariyaga gol urgan futbolchiga juda katta mukofot to‘laydi

Қатар давлат инвестиция жамғармаси Ҳуҳига ЖЧдаги голи учун 3 миллион доллар ва ярим миллиондан қимматроқ Rolls-Royce Phantom совға қилади

Qatar Eronga 12 milliard dollar taklif qildi

Қатар Эроннинг музлатилган активлари атрофидаги баҳсни ҳал этиш бўйича музокаралар доирасида Теҳронга 12 миллиард долларлик молиявий кўмак пакетини таклиф қилди.

Javohir Sindarov jahon reytingida ko‘tarildi

Ўзбекистонлик гроссмейстер Жавоҳир Синдаров классик шахмат бўйича жаҳон рейтингида тўртинчи поғонага кўтарилди.

Putinni karikatura qilgan rassom otib o‘ldirildi

Полшанинг Бяла-Подляска шаҳрида россиялик рассом ва фаол Семён Скрепетский отиб ўлдирилди. У Путин ва Лукашенко ҳақидаги сиёсий карикатуралари билан танилган эди.

JChda Masharipovning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

Фотосессиялар йирик мусобақалар олдидан жамоаларнинг барча футболчилари ва бош мураббий иштирокида ташкил этилади ва ташкилий қўмитанинг расмий фото суратчиси томонидан амалга оширилади.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Ukraina qo‘shilsa — Yevropa Ittifoqi parchalanadi

Бу ҳақда Сергей Лавров Туркия ташқи ишлар вазири Ҳакан Фидан билан музокаралардан сўнг бўлиб ўтган матбуот анжуманида айтиб ўтди.

Tramp Isroilni ilk bor qattiq tanqid qildi: tinch aholi qurbonlari ko‘paymoqda

Дональд Трамп Исроилнинг Ливандаги ҳарбий ҳаракатлари ва тинч аҳоли қурбонлари кўпайиб бораётгани бўйича илк бор очиқ танқид билдирди.

Ukraina urush boshlanganidan beri birinchi marta demobilizasiya qilinganini e’lon qildi

Бу ҳақда Укарина Мудофаа вазири Михайло Фёдоров маҳаллий ТСН телеканалига берган интервьюсида маълум қилди.

Putin taklif etilmagan joyga bormaydi – Kreml matbuot kotibi

Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков Владимир Путин Украина президенти Зеленскийдан G7 саммити доирасида учрашув ўтказиш бўйича расмий таклиф олмаганини маълум қилди.

Messi nega JCH-2026da kiritgan birinchi golidan keyin yig‘ladi?

Аргентина терма жамоаси Жаҳон чемпионати гуруҳ босқичидаги биринчи ўйинида Жазоирни 3:0 ҳисобида мағлуб этди

Бразилия Олий суди мамлакатнинг собиқ президенти Жаир Болсонарунинг ўғли Эдуарду Болсонаруни сиртдан тўрт йил икки ой муддатга озодликдан маҳрум қилди.

Ukraina belaruslik bolalar ketayotgan avtobusga hujum qildi

Брянск вилоятида содир бўлган ҳодиса юзасидан Россия Тергов қўмитаси теракт моддаси билан жиноят иши қўзғатди.

Hamid Sodiq: «AQSh uchun Isroil xavfga aylanmoqda»

Эронлик сиёсий таҳлилчи Ҳамид Содиқнинг таъкидлашича, Исроилнинг минтақадаги ҳаракатлари ва мустақил ҳарбий қарорлари Вашингтон манфаатлари учун тобора каттароқ муаммога айланмоқда.

Qo‘yliq dehqon bozoridagi oshxonada yong‘in chiqdi

Қайд этилишича, ёнғин оқибатида ошхонанинг том қисми ёниб зарарланган.

Farg‘onada yuz bergan yong‘inda 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги маълумотларига кўра, нотурар қаровсиз бинонинг 60 квадрат метр майдони ва 3 та автомобил – Labo, Hyundai ва Mercedes-Benz ёниб зарарланган.

Xalqaro Kurash Assosiasiyasi Prezidenti iste’foga chiqdi

ИКА Президенти Ҳайдер Фарман оилавий ҳамда бошқа иш мажбуриятлари сабабли Халқаро Кураш Ассоциацияси Президенти лавозимидан расман истеъфо берди.

AQSh bo‘lmaganda Isroil mavjud bo‘lmas edi

АҚШ президенти Доналд Трампнинг таъкидлашича, Қўшма Штатларнинг кўмаги бўлмаганида, бугунги кунда Исроил давлати мавжуд бўлмас эди.

Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i pora olishda ushlandi​​​​​​​

Тезкор тадбир давомида мансабдор шахс олдиндан 2,5 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Toshkentda 20 yoshli ayolni fohishalik uchun Dubayga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Мазкур ҳолат юзасидан гумонланувчига нисбатан Жиноят кодексининг 135-моддаси 2-қисми билан жиноят иши қўзғатилган.

Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi

Дастлабки маълумотларга кўра, автомобил оила аъзоларининг рухсатисиз олиб чиқилган.

Turkiyada “O‘zbekiston mahallasi” va Shavkat Mirziyoyev bulvari ochildi

Шунингдек, Ҳатай вилоятида Тошкент ва Самарқанд кўчаларининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди.

Buyuk Britaniya bosh vaziriga tegishli mulklarga o‘t qo‘yishda ikki nafar Ukrainada tug‘ilgan erkak aybdor deb topildi

Лондондаги Олд Бейли суди ҳайъати Буюк Британия бош вазири Кейр Стармер билан боғлиқ уйлар ва автомашинага ўт қўйиш бўйича ишда икки нафар айбланувчини айбдор деб топди.

Barcha Jahon urushlarini Yevropa boshlagan — Lavrov

Россия ташқи ишлар вазирининг бошқа баёнотлари:

Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Ушбу мансабдор шахс 2011 йилда ҳам фирибгарлик, ҳокимият ёки мансаб ваколатини суиистеъмол қилиш, мансаб сохтакорлиги ва пора олиш каби жиноятлар билан судлангани маълум бўлди.

Samarqandda uch yoshli bola bog‘chadagi suv havzasiga tushib ketib, vafot etdi

“Ҳозирда мазкур ҳолат бўйича туман прокуратураси томонидан терговга қадар суруштирув ишлари олиб борилмоқда”, дейилади хабарда.

AQShning Kanzas-Siti yaqinida parashyutchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Қутқарув хизматлари самолётдан сакраб қолишга улгурган парашютчиларни топиш умидида ҳалокат жойи атрофини кўздан кечирди, бироқ омон қолганларни топа олмади

Rossiya Ukrainadagi urushga davlat byudjetining yarmini sarflay boshladi – nemis iqtisodchisi taxlili

Берлиндаги Фан ва сиёсат жамғармаси (SWP) эксперти Янис Клюге 2026 йилнинг январ-март ойлари якунлари бўйича шундай баҳо берди. Унинг маълумотларига кўра, ушбу даврда Россиянинг ҳарбий харажатлари янги максимал даражага — 5,9 триллион рублга етган.

Isroil: Eron masalasida AQShdan mustaqil harakat qilamiz

Исроил мудофаа вазири мамлакат Эрон билан боғлиқ хавфсизлик масалаларида АҚШдан мустақил қарор қабул қилишда давом этишини билдирди.

Qashqadaryoda o‘zini prokuror deb tanishtirgan firibgar ushlandi

Қашқадарё вилоятида бир шахс ўзини прокурор сифатида таништириб, фуқародан пул талаб қилган.

AQSh va Janubiy Koreyaga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Терговга қадар текширув давомида, у муқаддам 1999 й.т. бошқа бир фуқарони ҳам Жанубий Кореяга ишга юборишни ваъда қилиб, пул олганлиги маълум бўлди.