Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimi taqdim etiladi

Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimi taqdim etiladi

Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibi belgilandi.

Hukumat qarori (270-son, 21.05.2026 y.) bilan “Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, chet el fuqarosi maxsus soliq rejimini taqdim etish bo‘yicha YAIDXP (my.gov.uz), Elektron soliq xizmatlari portali orqali yoxud Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza taqdim etadi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- chet el pasportining nusxasi ;

- O‘zbekistonda bo‘lish muddatini tasdiqlovchi hujjat (viza yoki boshqa hujjatlar).

Soliq qo‘mitasi Maxsus soliq rejimini taqdim etish komissiyasining arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha xulosasi yuzasidan 1 ish kunida chet el fuqarosiga xabarnoma yuboradi.

Ijobiy xulosa bo‘yicha xabarnoma olgan chet el fuqarosi bank hisobvarag‘i yoki kripto-hamyon ochadi hamda 50 ming AQSh dollari miqdorida maxsus yig‘imni to‘laydi.

Maxsus soliq rejimi belgilangan talablarni bajargan chet el fuqarolari va ularning voyaga yetgan yaqin qarindoshlariga arizada ko‘rsatilgan soliq davri uchun, biroq 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov