AQSh O‘zbekistonga 200 ta sun’iy nafas berish apparatlarini taqdim etdi

AQSh O‘zbekistonga 200 ta sun’iy nafas berish apparatlarini taqdim etdi

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va AQShning yurtimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum ishtirokida Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali koronavirusga qarshi kurashishda ko‘maklashish maqsadida O‘zbekistonga taqdim etgan 200 ta zamonaviy sun’iy nafas berish apparatlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Hozirda mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarida 2 mingdan oshiq sun’iy nafas berish apparatlari mavjud. Umumiy qiymati qariyb 2,6 million dollar bo‘lgan 200 ta sun’iy nafas berish apparatlari esa AQSh tomonidan bundan avval yetkazib berilgan 6 million dollardan ortiq ko‘magining davomi bo‘ldi. 

Taqdim etilgan uskunalar eng yuqori sifatli bo‘lib, zamonaviy texnologiya asosida AQShda ishlab chiqarilgan. Ular ixcham, o‘rnatilishi oson hamda invaziv va noinvaziv usullarda qo‘llanilishi mumkin. Bu esa o‘zbekistonlik shifokorlarga virus bilan og‘rigan bemorlarni davolashda qulaylik tug‘diradi. Shuningdek, USAID tibbiyot xodimlari uchun trening mashg‘ulotlari o‘tkazish va uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatishga mablag‘ ajratadi. Natijada shifoxonalar bu davolash uskunasidan ko‘p yillar davomida xavfsiz foydalanishni davom ettirishi mumkin. Mazkur tibbiyot uskunasini nafas olish bilan bog‘liq boshqa kasalliklarni davolashda ham ishlatsa bo‘ladi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!