AQSh Ukrainadagi inqirozdan eng katta «manfaatdor» - deputat

AQSh Ukrainadagi inqirozdan eng katta «manfaatdor» - deputat

Evroparlament deputati Deyli AQSh Ukrainadagi inqirozdan asosiy manfaatdor ekanini aytdi. Bu haqda «Lenta.ru» manbasi xabar bermoqda.

Ukrainadagi inqirozdan eng katta foyda oluvchi AQSh va uning harbiy-sanoat kompaniyalari, Yevropa esa qochqinlar oqimi va Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar oqibatlari bilan kurashishga majbur. Bu haqda Yevroparlament deputati Kler Deyli CGTN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Vashingtonning Rossiyani zaiflashtirish uchun mojaro qo‘zg‘atishdan manfaatdorligi inqiroz haligacha hal etilmaganining asosiy sababidir», - deydi siyosatchi.

Deyli Ukraina inqirozi davrini AQSh sanoati uchun «baxtli kunlar» deb atadi, chunki bu tovarlar, qurol va jihozlar uchun yangi bozorlarni yaratish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. «AQShning ba’zi vakillari Germaniya kabi mamlakatlarda butun sanoatning bankrot bo‘lishini istaydi. Aftidan, Germaniya rahbariyati bunga rozi bo‘lishga tayyor» dedi Yevroparlament deputati.

Avvalroq Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi Amerika qurollarining Ukrainaga yetkazib berilishi har kuni amalga oshirilayotganini, har bir partiya Kiyevdagi AQSh hamkorlarining «to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘liga» tushishini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!