AQSh Sudanga 203 million dollar yordam berishga qaror qildi

AQSh Sudanga 203 million dollar yordam berishga qaror qildi

AQShning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi (BMT) doimiy vakili Linda Tomas Grinfild, Sudanga qo‘shimcha 203 million dollar yordam berishlarini ma’lum qilib, pulning davo emasligini bildirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotida matbuot anjumani uyushtirib, Sudanga qo‘shimcha yordamni e’lon qilgan Grinfild, Sudan va qo‘shni davlatlardagi vaziyatning jiddiyligiga e’tibor qaratdi va bu o‘lkadan Chadga qochganlar sonining bir yilda ko‘proq bo‘lganini bildirdi.
Grinfild, «Bu dunyoning eng dahshatli gumanitar inqirozi» dedi va Sudan uchun olingan majburiyatlarning bajarilmaganini aytdi.
Sudan xalqiga yordam berishni davom ettirish zarurligini qayd etgan Grinfild, AQSh bu yil 500 million dollar yordam berganini eslatdi.
Grinfild, o‘z mamlakatining ham Sudanga 203 million dollar yordam berishga qaror qilganini ma’lum qildi.
Pulning davo emasligini bilganliklarini bildirgan Grinfild, inqirozning asosiy muammolarini hal qilish uchun harakat qilganliklarini ham ifoda etdi.
Mintaqadagi sheriklar bilan birgalikda harakat qilganliklarini qayd etgan Grinfild, nafaqat Sudandagi tomonlarga, balki qo‘llab-quvvatlovchilarga ham bosim o‘tkazish kerakligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!