AQSh Qora dengizga qulagan droni “begona qo‘llarga tushmasligi” uchun zarur choralar ko‘rdi

AQSh Qora dengizga qulagan droni “begona qo‘llarga tushmasligi” uchun zarur choralar ko‘rdi

AQSh Qora dengizda cho‘kib ketgan Amerika droni “begona qo‘llarga tushib qolmasligi” uchun zarur choralar ko‘rdi, dedi Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi CNN telekanaliga.

“Qo‘shma Shtatlar mulkimizni himoya qilish uchun choralar ko‘rdi. Shubhasiz, biz uni bizdan boshqa birov olishini istamaymiz”, — dedi Kirbi. Aynan qanday choralar ko‘rilganini Oq uy vakili izohlamadi.

14 mart kuni AQSh harbiylari MQ-9 Reaper droni Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti bilan to‘qnashib ketganini xabar qildi. AQSh harbiylariga ko‘ra, samolyot dronni urib tushirgan. Rossiya Mudofaa vazirligi qiruvchi va dron o‘rtasida aloqa bo‘lmaganini da’vo qilmoqda. “Dron keskin manyovrlar tufayli balandlikni yo‘qotib nazoratsiz parvoz qildi va suv yuzasiga urildi”, — deb tushuntirdi ular.

New York Times gazetasi yuqori martabali harbiy amaldorga tayanib, MQ-9 Reaper Ruminiyadagi bazadan rejalashtirilgan topshiriqni bajarish uchun kecha ertalab havoga ko‘tarilganini, unda qurol yo‘qligini yozdi. Oq uy AQSh prezidenti Jo Bayden voqea yuzasidan xabardor qilinganini bildirgan. Davlat departamenti bu borada Rossiya bilan muzokara olib bormoqchi. O‘z navbatida, AQSh Rossiyaning Vashingtondagi elchisini Qora dengizdagi dron bilan bog‘liq hodisa tufayli Davlat departamentiga chaqirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!