AQSh qaysi davlatlarda terror xavfi yuqori deb hisoblaydi?

AQSh qaysi davlatlarda terror xavfi yuqori deb hisoblaydi?

AQSh Milliy razvedka direktori Evril Xeyns AQSh uchun eng katta terror xavfi mavjud mamlakatlar sifatida Afg‘oniston, Yaman, Somali, Suriya va Iroqni tilga oldi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

«Biz Afg‘onistonni birinchi o‘ringa qo‘ymaymiz, – dedi Xeyns dushanba kuni Vashingtonda o‘tkazilgan xavfsizlik konferensiyasida. – Biz qarayotganlar – Yaman va Somali, Suriya va Iroq. Aynan ularda eng katta xavfni ko‘ramiz».

Milliy razvedka direktorining aytishicha, Vashington endi Afg‘onistonni AQShda hujumlar amalga oshirishi mumkin bo‘lgan terrorchilarning asosiy bazasi deb hisoblamaydi.

Ayni paytda u «Afg‘onistonda terrorchilar yana paydo bo‘lishi» mumkinligini diqqat bilan kuzatishayotganini bildirdi. Shuningdek, Evril Xeyns AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishi bilan Afg‘onistonda razvedka ma’lumotlarini to‘plash imkoniyatini kamayganini, biroq bu holat avvaldan kutilganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!