AQSh Putinga taklifnoma jo‘natdi

AQSh Putinga taklifnoma jo‘natdi

Kreml Vashingtondan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga AQSh homiyligidagi iqlim sammitida qatnashish uchun taklifnoma oldi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. Unga ko‘ra, taklifnomaning tafsilotlari hozircha ma’lum emas, bu diplomatik kanallar orqali aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq Uy AQSh prezidenti Jo Bayden 22-23 aprel kunlari iqlim bo‘yicha muzokaralarga 40 ta dunyo rahbarlarini taklif qilganini, uchrashuv onlayn tarzda o‘tkazilishini tasdiqlagandi.

“Taklifnoma qabul qilindi. Ammo shu bilan birga, hozircha tafsilotlar yo‘q», – dedi Peskov. Unga ko‘ra, diplomatlar tafsilotlarni Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi va AQShning Moskvadagi elchixonasi orqali aniqlashga harakat qilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!