AQSh Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasi atrofidagi vaziyatdan xavotir bildirdi

AQSh Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasi atrofidagi vaziyatdan xavotir bildirdi

Qo‘shma Shtatlar Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasida keskinlikni pasaytirishga chaqirdi.

Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays xabar berdi.

Bayonotda AQSh Qorabog‘dagi to‘qnashuv haqidagi xabardan chuqur xavotirda ekanini, mintaqadagi jangovar harakat, shuningdek, yaradorlar va halok bo‘lganlar haqidagi ma’lumotni diqqat bilan kuzatib borayotgani qayd etilgan.

Davlat departamenti ta’kidlashicha, taranglik kuchayishi bilan bog‘liq hozirgi vaziyatdan kelib chiqadigan barcha hal qilinmagan masalalarni izchil va keng qamrovda hal etish zarur.

Chorshanba kuni Ozarbayjon armiyasi Rossiya tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashgan Qorabog‘ hududida armanlarning noqonuniy qurolli tuzilmalariga qarshi “Qasos” amaliyotini boshladi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi “Qasos” amaliyoti noqonuniy arman qurolli tuzilmalari Lochin viloyati yo‘nalishida uyushtirgan hujumi ortidan harbiy xizmatchi halok bo‘lgandan keyin boshlanganini ma’lum qildi.

Mudofaa vazirligi bundan buyon Ozarbayjonning suveren hududida sodir etilgan har qanday terror, hujum va provokasiyaga qat’iy qarshilik ko‘rsatilishi, shuningdek, javob choralari keskin bo‘lishini aytib o‘tdi.

Rasmiy Boku Yerevanni 2020 yil 10 noyabrda qabul qilingan uch tomonlama – Ozarbayjon-Armaniston-Rossiya kelishuvini buzganlikda va ikki tomonlama munosabatni muvofiqlashtirishga qaratilgan say’-harakatga putur yetkazganlikda aybladi.

“Ozarbayjon hududida sodir etilgan voqea uchun butun mas’uliyat Armanistonning siyosiy va harbiy rahbariyati zimmasida, haligacha qo‘shni davlat hududidan noqonuniy qurolli guruhlar olib chiqilmayapti”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!